Farg‘ona aeroportida samolyotning g‘ildiragi chiqib ketdi
Jamiyat
−
13 mart 2025 15779 2 daqiqa
Kecha, 12 mart kuni Farg‘ona xalqaro aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagida S7 Airlines'ga tegishli Boeing 737-800 (RA-73669) samolyoti qolib ketdi. Ushbu havo kemasi Novosibirskdan S7-5561 reysi bilan kelgan bo‘lgan. Bu haqda “Aviatorina” xabar berdi.
Qayd etilishicha, qo‘nishdan so‘ng yurish davomida samolyotning chap asosiy shassi tashqi g‘ildiragi bloklanib, chiqib ketgan. Uchish-qo‘nish yo‘lagidan burilib chiqish chog‘ida havo kemasi komandiri samolyotning chap tomonga tortayotganini sezib, harakatni to‘xtatgan va muhandis-texnik xizmat xodimlarini chaqirgan. Samolyot tekshirilganida g‘ildirakni mahkamlovchi bir nechta boltlarning yo‘qligi aniqlangan.
Ko‘p o‘tmay, yo‘lovchilar to‘g‘ridan to‘g‘ri uchish-qo‘nish yo‘lagida tushirilgan va ular bagajlari bilan terminalga yetkazilgan. Boeing 738 esa ekspluatatsiyadan vaqtincha chetlatilgan bo‘lib, bir necha soat o‘tgach, perronga evakuatsiya qilingan.
Farg‘ona aerodromi esa yagona uchish-qo‘nish yo‘lagi to‘silib qolgani sababli vaqtincha parvozlar uchun yopilgan. Shu sababli Utair aviakompaniyasining V738 reysi – Vnukovodan Farg‘onaga yo‘l olgan samolyot Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘lgan.
S7 matbuot xizmatiga ko‘ra, Novosibirskdan O‘zbekistonga qaytish reysini amalga oshirish uchun zaxira samolyoti yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan Rossiyaning Utair aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737 (RA-73091) samolyoti balandlikka ko‘tarilayotganda chap dvigatelida nosozlik (kuchli silkinish) kuzatilgani sababli Samarqand aeroportiga qaytgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025