Farg‘ona aeroporti yana samolyotlarni qabul qilishni to‘xtatdi

Jamiyat

image

Bugun, 25 noyabr kuni Farg‘ona xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.  Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lum qildi.

Bildirilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 20:54 dan boshlab ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli Farg‘ona xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgan. Cheklovlar vaqtida barcha reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltiriladi.

Xususan, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Istanbul – Farg‘ona yo‘nalishidagi HY-278 reysi Namangan muqobil aeroportiga yo‘naltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 21 noyabr kuni ham Farg‘ona xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgandi. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Novosibirsk – Farg‘ona yo‘nalishidagi HY-670 reysi Namangan muqobil aeroportiga yo‘naltirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona samolyot aeroport

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing