Farg‘ona hokimi Xayrullo Bozorov operatsiya qilindi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bel sohasida jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Hokim bir oydirki Toshkentda chuqurlashtirilgan tibbiy davolanish muolajalarini olmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot kotibi Dilmurod Jumaboyev ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Xayrullo Bozorov 27 iyundan boshlab Toshkent shahrida chuqurlashtirilgan tibbiy davolanishda bo‘lib turibdi hamda sekvestrlangan bel umurtqa churrasi diagnozi bilan bel sohasida kichik jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan.

Viloyat hokimi hozirda statsionar sharoitda reabilitatsiya jarayonini o‘tkazmoqda, ishlarni masofadan onlayn tarzda muvofiqlashtirib bormoqda. Jumaboyev yaqin kunlarda viloyat hokimi odatiy ish faoliyatiga qaytishini qo‘shimcha qilgan.

“Ijtimoiy tarmoqlarda viloyat hokimi bilan bog‘liq tarqalayotgan mish mishlarga ishonmasligingizni so‘raymiz. Yolg‘on axborot tarqatganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik mavjud ekanini eslatib o‘tamiz”, deya so‘zini yakunlagan hokimlik vakili.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1202

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing