Farhod Ermanovning yordamchisi Yangiariq tumaniga hokim bo‘ldi
Jamiyat
−
02 dekabr 2020
7477Bugun, 2 dekabr kuni Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov ishtirokidagi sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Kengash qarori bilan Anvar Kenjayevich Davletov Xorazm viloyati Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
Anvar Davletov bungacha viloyat hokimining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimida ishlab kelgan.
Davletov Anvar Kenjayevich 1985 yil 30 aprelda Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar.
LiveBarchasi