Farhod bozoridagi ehtiyot qism sotiluvchi do‘konlar yopilganiga izoh berildi
Jamiyat
−
11 may 2020
7946Bugun, 11 may kuni qayta ishga tushgan Farhod bozoridagi avtomobil ehtiyot qismlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi rastalar yana yopildi. Ushbu holatda aholi o‘rtasida turli mish-mishlar tarqalishga ham ulgurdi. Shu munosabat bilan Toshkent shahar Uchtepa tumani hokimligi munosabat bildirib o‘tdi.
"Bugun ijtimoiy tarmoqlarida Farhod avtomobil ehtiyot qismlar do‘konlarining biridagi tadbirkorda yuqori tana harorati aniqlanganligi sababli do‘konlar faoliyati to‘xtatilganligi haqidagi xabar tarqaldi.
Uchtepa tuman hokimligi ushbu xabar yuzasidan shuni ma’lum qiladiki, hozirda savdo qatorlari ma’muriyati tomonidan sanitariya kuni e’lon qilingan. SanPin ning belgilangan normalariga muvofiq sanitariya ishlari amalga oshirilmoqda", deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, tegishli tadbirlar amalga oshirilgan so‘ng, avtomobil ehtiyot qismlar do‘konlari o‘z faoliyatini davom ettiradi. Lekin xabarda ushbu do‘konlarning ayni nima sababdan yopilgani keltirilmagan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibing nashrlarga xabar berishicha, bozor ichida kimningdir harorati ko‘tarilgani haqidagi xabarlar asosiz. Lekin, ushbu hududga kirmoqchi bo‘lgan odamda yuqori harorat aniqlangan. Shu sabab, har ehtimolga qarshi hududda dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi