Faoliyatini yakunlagan posbon “Barselona”da o‘ynashga rozi bo‘ldi
Sport
−
26 Sentabr
5185“Barselona”ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski “Yuventus”ning sobiq darvozaboni Voysex Shesnining futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan bir oy o‘tib, yana futbolga qaytishi va kataloniyaliklar safiga qo‘shilishida muhim rol o‘ynadi. Bu haqda futbol jurnalisti Nikolo Skira X sahifasida ma’lum qildi.
Shesni “Barselona” bilan shartnoma bo‘yicha muzokara olib borayotgani haqidagi ma’lumotni tasdiqladi. Tez orada posbon Kataloniya klubi a’zosi sifatida tanishtirilishi kutilmoqda.
Shesni 2017 yilda “Arsenal”dan “Yuventus”ga o‘tgan va Turin klubi safida 252 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 marta A Seriya g‘olibi va 3 marta Italiya kubogini qo‘lga kiritgan. Yozda u klubni tark etgach, erkin agentga aylandi va faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
Qayd etish joiz, La Liga 6-turida Barselonaning asosiy posboni germaniyalik Mark Andre Ter-Shtegen jarohat olib, mavsum oxirigacha safdan chiqdi. Ispaniya chempionatining 7-turida kataloniyaliklar darvozasini Inyaki qo‘riqladi.
LiveBarchasi