Falastinning Isroil bo‘yicha FIFA'ga yo‘llagan talabi qachon ko‘rib chiqilishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) kengashi 3 oktyabr kuni Isroil terma jamoasi va klublarining musobaqalardan chetlatilishi mumkinligi masalasini ko‘rib chiqadi. Bu haqda Falastin futbol assotsiatsiyasi (FFA) matbuot xizmati xabar berdi.

Fevral oyida Yaqin Sharqdagi futbol federasiyalari FIFA'ga Isroil terma jamoasini xalqaro musobaqalardan chetlashtirishni talab qilib, xat yo‘llagan edi. Bu chaqiriqni 12  ta federatsiya, jumladan Falastin, Saudiya Arabistoni, Qatar va BAA vakillari qo‘llab-quvvatladi.

“FFA FIFA nizomi va xalqaro huquqni buzgani uchun Isroil Futbol assotsiatsiyasiga (IFA) qarshi taklif qilingan sanksiyalar bo‘yicha mustaqil huquqiy baho olganini tasdiqlaydi. Biz FIFA tomonidan ushbu masalani hal qilishda ko‘rsatgan professionallik va xolislikni qadrlaymiz. FFA joriy jarayonning adolatliligiga ishonchi komil. Biz sabr bilan FIFA Kengashi tomonidan 3 oktyabr kuni qabul qilinishi kutilayotgan yakuniy qarorni kutmoqdamiz. Oxir oqibat, bu Falastin futboli va uning sportchilari uchun adolatli bo‘ladi, deb o‘ylaymiz”, deyiladi FFA bayonotida.

Qayd etish joiz, Falastin tomoni Isroilning G‘azoga bosqini oqibatida ko‘plab xalqaro tashkilotlardan Isroil tomoniga sanksiyalar joriy etishni talab qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Isroil Xalqaro futbol federatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made