Falastin – O‘zbekiston uchrashuvini xitoylik hakamlar boshqaradi

Sport

image

Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari start olish arafasida turibdi. Ertadan Osiyoning bir qator shaharlarida mundial saralashi o‘yinlari o‘tkaziladi.

Saralash bahslarining “D” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk o‘yinini safarda Falastinga qarshi o‘tkazadi. Mazkur uchrashuv 5 sentyabr kuni Al-Ram shahridagi Falastin terma jamoasining uy o‘yinlarini o‘tkazadigan “Faisal Al-Husseini” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.

Kecha, 3 sentyabr kuni O‘zbekiston MTJ a’zolari Falastinga yetib bordi. 

Ushbu o‘yinni xitoylik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bosh hakam – Fu Ming. Unga qanotlarda hamyurtlari – Huo Veiming hamda Vang Detsin yordam beradi, deb yozmoqda O‘FA. 

Falastin – O‘zbekiston

Bosh hakam: Fu Ming (Xitoy)

Yordamchi hakamlar: Huo Veiming (Xitoy), Vang Detsin (Xitoy). 

Zaxira hakami: Arafa Muhammad (Iordaniya). 

Nazoratchi: Baskar Purushotaman (Hindiston). 

Komissar: Shahir Ahmed (Maldiv).


Maqola muallifi

Teglar

MTJ Falastin-O'zbekiston

Baholaganlar

46

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing