Qozog‘iston Jahon chempionatiga chiqolmadi
Sport
−
14 Oktabr 8885 1 daqiqa
Qozog‘iston milliy terma jamoasi AQSH, Kanada va Meksika yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadigan keyingi yilgi Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.
Milliy jamoa bosh murabbiyi Talgat Baysufinov shogirdlari Yevropa mintaqasi saralash turniri “J” guruhidagi yettinchi tur uchrashuvini safarda Shimoliy Makedoniyaga qarshi o‘tkazdi.
Guruh peshqadamlaridan biriga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda qozog‘istonlik futbolchilar 1:1 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa-da, yo‘qotilgan ikki ochko amalda Qozog‘istonning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi.
Saralash bosqichining yetti o‘yinidan so‘ng Qozog‘iston yetti ochko bilan “J” guruhida beshta jamoa orasida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Bu guruhda Belgiya (14 ochko) va Shimoliy Makedoniya (13 ochko) bilan peshqadamlik qilmoqda.
Qozog‘iston terma jamoasi Uelsga yengildi (1:3, 0:1), Lixtenshteynni mag‘lub etdi (2:0, 4:0), Shimoliy Makedoniya (0:1) va Belgiyadan (0:6) mag‘lubiyatga uchradi. Ikkinchi davrada esa Shimoliy Makedoniya bilan durang o‘ynadi (1:1). Saralashning so‘nggi turida Qozog‘iston 15 noyabr kuni o‘z maydonida Belgiyani qabul qiladi.
Jahongir Inomjonov
Live
Barchasi