Falastin Prezidenti Rossiyaga boradi

Olam

image

Falastin Prezidenti Mahmud Abbos mamlakatdagi urush harakatlari vaqtida Rossiyaning Moskva shahriga boradi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Bildirilishicha, Prezident Abbosning mamlakatga uyushtirilayotgan tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Buni Falastinning Rossiyadagi elchisi Abdel Xafiz Nofal ham tasdiqlagan.

“Biz Kremldan tashrif qachon bo‘lishi haqida rasmiy bayonotni kutmoqdamiz. Janob Abbosning Moskvaga kelishi  borasida kelishuvga erishildi”,  degan Nofal.

“Ria Novosti”ning Falastin hukumati idorasidagi manbalariga ko‘ra, Mahmud Abbos 18 avgust kuni Rossiyaga uchadi. Siyosatchi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni rejalashtirgan.

Elchining qo‘shimcha qilishicha, hozirda Moskvada Falastin-Isroil kelishuvi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish imkoniyati yo‘q. Nofalning eslatishicha, Prezident Vladimir Putin bir necha yil avval Abbos va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘rtasida muzokaralarni Moskvada o‘tkazishni taklif qilgan va Falastin tomoni bunga rozi bo‘lgan.

“Abbos Moskvaga yigirma martadan ortiq tashrif buyurgan, ammo bu tashriflar hech qanday natija bermagan. Hozir Ukrainadagi va butun dunyodagi voqealarni hisobga olsak, vaziyat murakkab. Agar jiddiy mavzu bo‘lsa, biz gaplashishga doim tayyormiz”,  deya ta’kidlagan Nofal. 


Elchining qo‘shimcha qilishicha, hozir eng muhimi vaziyat keskinligini pasaytirishdir. Ehtimol, shundan keyingina muzokaralar uchun yangi imkoniyat tug‘iladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken G‘arbiy Sohildagi Ramalloh shahrida Falastin Prezidenti Mahmud Abbos bilan uchrashgani va bu uchrashuvdagi muzokaralar G‘azo sektoridagi urush va G‘arbiy Sohildagi vaziyatning keskinlashuviga qaratilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Moskva Putin tashrif Mahmud Abbos Abdel' Xafiz Nofal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing