Falastin davlatini tan olish Fransiya uchun tabu emas – Makron
Olam
−
17 fevral
10684Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Iordaniya qiroli Abdulla II Parijdagi Yelisey saroyida qo‘shma bayonot bilan chiqdi. Matbuot anjumani BFMTV tomonidan efirga uzatildi.
Makronning aytishicha, Falastin davlatini tan olish uning mamlakati uchun tabu(taqiq) emas.
Makron, Yaqin Sharqda ikki davlat yechimi va Falastin davlatini yaratish mintaqa tinchligi uchun yagona chora ekanini qayd etdi. Emmanuel Makronning fikricha, ushbu yechimning ustuvorligi mintaqada o‘t ochishni to‘xtatishni ta’minlaydi.
"Bunday sulh bilan tinch aholi xavfsizligi kafolatlanishi va G‘azoga insonparvarlik yordami kelishi kerak", deb ta’kidlagan Fransiya Prezidenti.
Makronning qo‘shimcha qilishicha, Isroilning G‘azoga hujumi oqibatida qurbonlar sonining ko‘pligini qabul qilib bo‘lmaydi.
Shuningdek, Makron Isroilning Rafahdagi harbiy hujumi misli ko‘rilmagan gumanitar falokatga olib kelishidan ham ogohlantirdi. U G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishishni mutlaq ustuvor vazifa deb atadi.
LiveBarchasi