Falastin BRICS’ga a’zo bo‘lmoqchi

Olam

image

Falastin BRICS’ga a’zolik uchun ariza topshirdi, ammo hozircha javob olmadi. Bu haqda Falastinning Rossiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdulhafiz Nofal RIA Novosti'ga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Elchining so‘zlariga ko‘ra, Falastinning o‘ziga xos sharoitlari bor va ular to‘liq a’zolikka imkon bermaguncha, mamlakat BRICS’da mehmon maqomida ishtirok etishda davom etadi.

“Biz ariza topshirdik, ammo hanuz javob olmadik”, degan Nofal.

Ma’lumot uchun, BRICS 2006 yilda Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida tashkil etilgan. 2024 yil boshida yangi davlatlarning qo‘shilishi bilan birlashma BRICS+ deb atala boshlandi. Tashkilotga Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy Xalq Respublikasi, Janubiy Afrika Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Misr, Efiopiya va Indoneziya a’zo hisoblanadi. O‘zbekiston esa tashkilotda hamkor davlat sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Tashkilotning asosiy maqsadi jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotga ega davlatlarni birlashtirish, ularning jahon sahnasidagi rolini kuchaytirish, siyosatni muvofiqlashtirish va global boshqaruvning muqobil mexanizmlarini yaratishdan iborat. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nigeriya BRICSʼga hamkor davlat sifatida qo‘shilgan to‘qqizinchi davlatga aylangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Falastin BRICS Abdulhafiz Nofal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing