Falastin Bosh vaziri HAMASni davlat yaratishga jalb qilishga tayyor – “Bloomberg” 

Olam

image

Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azo sektori, G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusni o‘z ichiga olgan mustaqil Falastin davlatini barpo etishda HAMAS harakatini jalb qilish mumkin, deb hisoblaydi. Bu haqda u “Bloomberg” agentligiga ma’lum qildi.

"7 oktyabrgacha bo‘lgan HAMAS boshqa, ammo hodisadan keyingi HAMAS boshqa. Agar ular (harakat tarafdorlari) kelishuvga kelsa va Falastin Ozodlik Tashkilotining siyosiy platformasini qabul qilishga tayyor bo‘lsa, demak, muloqot uchun imkoniyat bor. Falastinliklar bo‘linib ketmasligi kerak”, degan Bosh vazir. 

Uning fikricha, Isroilning HAMASni mag‘lub etish maqsadi real emas va bu harakat vakillari G‘azodagi yangi rahbariyat tarkibiga kirishi kerak. 

Shuningdek, Muhammad Shtaye Falastin ma’muriyati AQSH rasmiylari bilan mojaro tugaganidan keyin G‘azo sektorini boshqarish bo‘yicha uzoq muddatli rejani muhokama qilayotganini bildirgan.

“Bloomberg” ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar Isroil G‘azo sektorini qayta egallamasligi, o‘z hududida bufer zona yaratmasligi yoki falastinliklarni quvib chiqarmasligi haqida kelishib olgan.

"Biz Isroilning harbiy rejasiga amal qilmoqchi emasmiz. Biz xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda ishlayotgan mexanizmni yaratishimiz kerak", deya ta’kidlaydi Falastin Bosh vaziri. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, aholiga yordam berish va anklavdagi hayotni tiklash uchun katta sa’y-harakatlar talab etiladi.

Ma’lumot uchun, Isroilning HAMAS bilan urushi 7 oktyabrdan beri davom etmoqda. 22 noyabr kuni tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishib oldi va bu kelishuv bir necha bor uzaytirildi. 1 dekabr kuni Isroil armiyasi G‘azoda operatsiyani qayta boshladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq G‘azo sektorida Isroilning hujumi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 17 177 kishiga yetgani ma’lum qilingandi. Isroil tarafdan esa 1.4 ming kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made