Faxriy donorlarga beriladigan mukofot puli ko‘paytiriladi
Jamiyat
−
23 dekabr 2022
49852023 yil 1 yanvardan “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga biryo‘la beriladigan pul mukofoti summasi bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 15 baravarigacha (1,5 mlndan 4,5 mln so‘mgacha) oshiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu yangilik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq joriy etiladi.
Shuningdek, ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga quyidagi huquqlar beriladi:
• ular uchun qulay bo‘lgan vaqtda yillik asosiy mehnat ta’tiliga chiqish;
• shahar jamoat transportining barcha turlaridan (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanish;
• davlat sanatoriy-kurortlarida davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish;
• doimiy (yiliga kamida 3 marta qon topshiruvchi) donorlar va ularning yaqin qarindoshlari (ota-onalari, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, aka-uka va opa-singillari, turmush o‘rtog‘ining ota-onalari) statsionar davolanish jarayonida, zarurat tug‘ilganda, qon va uning tarkibiy qismlari bilan bepul ta’minlanadi;
• donorlarni bepul ovqat bilan ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning qiymati respublika bo‘yicha bir xil – mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3 foizi (27 ming 600 so‘m) miqdorida belgilanadi;
• immun donorlarga o‘tkazilgan immunizatsiya va topshirilgan plazmasi uchun haq to‘lash miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining oshirilishi darajasi doirasida mutanosib ravishda indeksatsiya qilib boriladi;
• shoshilinch holatlarda donor qonining tarkibiy qismlarini tashish uchun tez tibbiy yordam xizmatidan foydalanishga ruxsat beriladi.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi