Faqat Xudo meni prezidentlik poygasidan chetlata oladi – Bayden
Olam
−
06 iyul
6227AQSH Prezidenti Jo Bayden prezidentlik saylovlari poygasidan uni faqat Xudogina chetlata olishini bildirdi. Bu haqda Oq uy rahbari o‘z nomzodiga bildirilayotgan demokratlarning xavotirini yo‘qotish maqsadida kecha, 5 iyul kuni “ABC News” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Intervyu vaqtida 81 yoshli Bayden saylovchilarni o‘zining navbatdagi prezidentlik muddatiga sog‘lig‘i jihatdan yaroqli ekanligiga ishontirish uchun aqliy test sinovining natijalarini ommaga oshkor qilishdan bosh tortgan. Mustaqil tibbiy testlardan, jumladan, nevrologik va kognitiv testlardan o‘tishga va saylovchilarga natijalar haqida xabar berishga tayyormisiz, degan savolga Bayden shunday javob berdi:
“Bunaqa testlarni men har kuni topshiraman. Bitta ham kun qolmaydi. Har doim tibbiy ko‘rikdan o‘tib boraman”, degan Jo Bayden.
Bayden saylovlarda respublikachilardan ancha orqada qolganini inobatga olib, Trampni mag‘lub eta oladimi, degan takroriy savollarga javob berar ekan, u noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovda g‘alaba qozonishiga mutlaq ishonchi komilligini bildirgan.
“Men NATOni birlashtirgan odamman. Uni kengaytira olishimni hech kim o‘ylamagandi. Men Putinni to‘xtatgan odamman. Hech kim bunga ishonch bildirmagandi. Ukrainaga yordam berish uchun nafaqat Yevropada, balki undan tashqarida ham 50 ta davlatni birlashtira olganman. Menimcha, hech kim prezident bo‘lishga yoki bu poygada g‘olib bo‘lishga mendan ko‘ra malakaliroq deb o‘ylamayman”, degan u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bayden Tramp bilan bahsda yaxshi natija ko‘rsatmaganini tan olgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi