Facebook orqali aytilgan so‘z “qimmatga tushdi”
Jamiyat
−
20 dekabr 2022 17928 1 daqiqa
Qashqadaryoda Facebook orqali boshqa bir foydalanuvchini haqorat qilgan shaxs javobgarlikka tortildi. Bu haqda Kiberxavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Shahrisabz shahrida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan S.A. ariza bilan murojaat qilib, uni noma’lum shaxs har xil obro‘sizlantiruvchi so‘zlar bilan Facebook ijtimoiy tarmog‘ida haqorat qilib kelayotganini ma’lum qilgan. Shuningdek, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ijtimoiy tarmoqlarda xizmat vazifasini bajarayotgan shaxslarni haqorat qilib kelgan shaxs Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yashovchi R.R. ekanligi aniqlangan.
Hozirda R.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ozoda Choriyeva
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr