Facebook emlanishdan voz kechishga targ‘ib qiluvchi reklamalarni bloklaydi
Texnologiya
−
14 Oktabr 2020
4485Facebook'da emlanishdan voz kechishga da’vat qiluvchi reklamalar bloklanadi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berilgan.
Facebook bu bilan sog‘liqni saqlash tizimiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan noto‘g‘ri ma’lumotlarga qarshi kurashishni xohlayapti.
Ma’lumot uchun, emlanishdan voz kechishni ochiqdan-ochiq tavsiya qiladigan reklamalar taqiq ostida bo‘ladi.
Emlash bo‘yicha u yoki bu davlat siyosatini tanqid qiluvchi reklamalarga esa taqiq qo‘yilmaydi.
LiveBarchasi