Senator FaceApp bo‘yicha maxsus xizmatdan izoh so‘radi

Olam

image

Amerikalik senator Chak Shumer suratlarni o‘zgartirib beruvchi FaceApp dasturi amerikaliklar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin deb hisoblayapti. Bu haqda u Federal qidiruv byurosiga (FQB) yuborgan murojaatida aytib o‘tgan.

“FQB va Federal savdo missiyasi milliy xavfsizlik va maxfiylikka bo‘lgan xavflarni ko‘rib chiqishi kerak. Negaki millionlab amerikaliklar undan (FaceApp`dan) foydalandi”, deydi Shumer.

Demokratlar partiyasidan bo‘lgan senatorni foydalanuvchilar dasturga o‘z shaxsiy suratlariga kirish huquqini berishi kerakligi hayron qoldirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu tariqa millionlab amerikaliklarning shaxsiy ma’lumotlari dasturni boshqaruvchi rossiyaliklar qo‘liga tushadi.

Shumer o‘z murojaati yakunida hozir dushman kayfiyatdagi davlatlardan foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish har doimgidanda muhimligini ta’kidlagan.

FaceApp kompaniyasi xodimlari amerikalik senatorning iddaosiga javob qaytarib, barcha yuklangan ma’lumotlar o‘z vaqtida o‘chirilishini va boshqa shaxslar qo‘liga o‘tmasligini ma’lum qildi. Ma’lumotlar 48 soatda o‘chirib yuborilar ekan.

Avvalroq, Ijtimoiy tarmoqlarda keksayish aksiyasi jadal tarzda davom etayotgani va FaceApp foydalanuvchilari 100 mlndan oshgani haqida xabar bergan edik. So‘nggi 10 kunlikda ijtimoiy tarmoqlar san’atkorlar, sportchilar, siyosat va jamoat arboblarining qanday keksayishi taxminiy aks etgan suratlar bilan to‘lib toshdi. Buning ortidan oddiy odamlar, ayniqsa, yoshlar ergashib, FaceApp dasturining mashhur bo‘lishiga hissa qo‘shishmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

FaceApp Chak Shumer

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing