FaceApp orqali qariganlar 100 milliondan oshdi

Texnologiya

image

Ijtimoiy tarmoqlarda keksayish aksiya jadal tarzda davom etmoqda. So‘nggi 10 kunlikda ijtimoiy tarmoqlar san’atkorlar, sportchilar, siyosat va jamoat arboblarining qanday keksayishi taxminiy aks etgan suratlar bilan to‘lib toshdi. Buning ortidan oddiy odamlar, ayniqsa, yoshlar ergashib, FaceApp dasturining mashhur bo‘lishiga hissa qo‘shishmoqda. 

Trampdan tortib Putingacha, Ronaldudan tortib o‘zimizning xonanda Lola Yo‘ldoshevagacha ushbu dastur orqali “qaritilgan”. Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komiljon Allamjonov ham o‘zining taxminiy keksaygani aks etgan suratni kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi. 

Aslida ushbu dastur 2017 yilda PlayMarket va AppStore’ga joylashtirilgan edi. Biroq, dastur o‘sha vaqtlarda u qadar katta mashhurlikka erishgani yo‘q. Oradan 2,5 yil o‘tib, mashhurlar, taniqli san’atkorlarning ijtimoiy tarmoqdagi kimo‘zarga “qarishi” oqibatida FaceApp dasturi katta shuhrat qozondi. Bu orada ushbu dasturni telefoniga ko‘chirib olganlar 100 milliondan oshib ketdi. 

Jurnalist–tahlilchi Qamariddin Shayxovning fikricha, mazkur dastur VPN dasturi kabi xavfsizlikka tahdid. Kun kelib bu suratlar jamiyatni izdan chiqarishi, barqaror vaziyatga bolta urishi mumkin. Bunga esa sabablar talaygina. 

Oddiy ko‘ngilxushlik sifatida ko‘rilayotgan dastur ortida qanday yashirin maqsadlar va tahlika bor? Bu haqda jurnalist–tahlilchi Qamariddin Shayxovning tez orada QALAMPIR.UZ saytida e’lon qilinadigan tahliliy maqolasida o‘qiysiz. 


Maqola muallifi

Teglar

FaceApp

Baholaganlar

125

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing