Fyuridan nokaut: “Lo‘lilar qiroli” taxtni saqlab qoldi (video)

Sport

image

Bugun, 10 oktyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi “MGM Grand” arenasida professional boksning WVC yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempioni unvoni uchun jang bo‘lib o‘tdi. Unda britaniyalik Tayson Fyuri (32-0-1) amerikalik Deontey Uaylderni (42-2-1) chuqur nokautga uchratdi. 

Jang davomida har ikki bokschi bir necha marta nokdaun holatiga tushdi. Biroq jismoniy imkoniyati yuqoriroq bo‘lgan “Lo‘lilar qiroli” 11-raundda o‘ng qo‘ldagi kuchli zarbasi evaziga jangga nuqta qo‘ydi va chempionlik unvonini saqlab qoldi. Jang g‘olibi katta ehtimol bilan ukrainalik Aleksandr Usikka qarshi mutlaq Jahon chempionligi uchun ringga ko‘tariladi.

Dastlab, Fyuri va Uaylder o‘rtasidagi bahs joriy yilning 24 iyuliga belgilangan edi, ammo britaniyalik charm qo‘lqop ustasining koronavirusga chalingani tufayli qoldirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, g‘olib bokschining ushbu jangdagi kafolatlangan gonorari 30 million dollarni tashkil qiladi. “Bronza bombardimonchi” esa 20 million dollar gonorarga ega bo‘ladi.  Bundan tashqari, Fyuri translyatsiyalardan tushadigan foydaning 60 foiziga ham ega bo‘lishi ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, bu bokschilar o‘rtasidagi 3-to‘qnashuv bo‘ldi. Bunga qadar ilk jangda kuchlar teng kelgan bo‘lsa, ikkinchi qarama-qarshilikda Fyuri Uaylderni texnik nokautga uchratgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

613

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing