Yozuvchi Tohir Malik vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 16 may kuni O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik 72 yoshida olamdan ko‘z yumdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, yozuvchi biroz avval og‘ir operatsiyani boshdan kechirgan. Biroq, u operatsiyadan so‘ng o‘ziga kelmagan. 

Ma’lumot o‘rnida, Tohir Malik 1946 yil 27 dekabr kuni Toshkentda tavallud topgan. Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti)ning Jurnalistika fakulteti kechki bo‘limida o‘qib, kunduzi qurilish ishlarida qatnashgan. 1966 yildan beri O‘zbekiston radiosida, gazeta va jurnallar tahririyatida, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida,  nashriyotlarda faoliyat yuritgan. 2006 yildan buyon "Bekajon" gazetasi  Bosh muharriri bo‘lib ishlab kelayotgan edi. 

Uning dastlabki hikoyasi 1960 yilda "Gulxan" jurnalida chop etiladi. 

Bolalarga atab yozilgan hikoyalari bilan badiiy adabiyot sirlarini o‘rgangan Tohir Malik keyinchalik o‘zbek adabiyotida kam e’tibor berilgan fantastika janriga qo‘l uradi va bir qator asarlari bilan kitobxonlar e’tiborini qozongan. Uning talabalik yillari yozilgan "Hikmat afandining o‘limi" asari o‘zbek adabiyotining fantastika yo‘nalishida yaratilgan birinchi qissa hisoblanadi. Yozuvchining bir qator asarlari rus va boshqa tillarga tarjima qilingan. "So‘nggi o‘q" asari asosida yetti qismli, "Shaytanat" asari asosida yigirma qismli badiiy fil’m suratga olinib, namoyish etilgan.

Tohir Malik davlat tomonidan "O‘zbekiston xalq yozuvchisi" yuksak unvoni va "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlangan. 

Eslatib o‘tamiz, yozuvchi bugun, 16 may kuni asr namozidan keyin dafn etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

190

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing