Yozning chillasida sel xavfi e’lon qilindi

Jamiyat

image

Joriy yilning 14-15 iyul kunlari O‘zbekistonning sharqiy viloyatlarida sel kelish xavfi mavjud. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

“14-15 iyul kunlari kutilayotgan lokal (mahalliy) yomg‘irlar munosabati bilan Toshkent, Andijon, Namangan Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor”, deyiladi markaz xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet bu hafta ob-havo issiq bo‘lishini, ammo mamlakatning tog‘li va tog‘oldi hududlarda 13 iyuldan 15 iyulgacha davrda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor, yog‘ingarchilik asosan kunning ikkinchi yarmida konvektiv bulutlar rivojlanganda kuzatilishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

sel O'zgidromet

Baholaganlar

429

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing