Yozyovonda 7 kg nasha saqlab kelayotgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
11 fevral
5709Farg‘onada 7 kilogrammdan ziyod giyohvandlik moddasini saqlab kelgan shaxs aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.
Bildirilishicha, Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani IIB hamda DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro A.X.ning yashash joyidagi omborxonada jami 7,170 kg miqdordagi nasha giyohvandlik moddasi yashirilgani fosh bo‘lgan. Unga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada fermer xo‘jaligi hududidan 1405 tup nasha topilgan edi.
LiveBarchasi