Yozyovon tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
06 fevral 2021 11029 1 daqiqa
Bugun, 6 fevral kuni bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Yozyovon tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Dilshodjon Tursunmurodovich Jalilov tuman hokimi etib tasdiqlandi.
Dilshodjon Jalilov bugungacha “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
1980 yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika instituti, Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.
Eslatib o‘tamiz, kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Yozyovon tuman hokimi Yo‘lchiboy Boyyigitov yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun lavozimidan ozod qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025