Eyfel minorasini chaqmoq urdi 

Olam

image

Parijdagi Eyfel minorasini chaqmoq urdi. Bu haqda Twitter'da fotograf Kulik Bertran ma’lum qilgan. 

“Eyfel minorasini chaqmoq urishi mahalliy vaqt bilan taxminan soat 18:00 da sodir bo‘lgan. Ushbu holat birdaniga ikki kamera bilan suratga olingan”, deb yozgan Bertran. 

Eyfel minorasi veb-saytiga ko‘ra, shu kabi holat yiliga besh marotaba sodir bo‘ladi.

Qayd etilishicha, bu unga hech qanday zarar yetkazmaydi va aholi uchun xavf tug‘dirmaydi. Chunki minoraning tepasiga chaqmoqdan himoya qiluvchi to‘rtta moslama o‘rnatilgan bo‘lib, ular elektr energiyasini tarqatib yuboradi.


Maqola muallifi

Teglar

Eyfel minorasi

Baholaganlar

585

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing