Eyfel minorasiga dekabr o‘rtalaridan tashrif buyurish mumkin bo‘ladi
Olam
−
02 dekabr 2020
2881Fransiya poytaxti Parij shahrida kuzda koronavirusga qarshi kurash choralari doirasida yopilgan Eyfel minorasi joriy yilning dekabr oyi o‘rtasidan o‘z ishini qayta tiklaydi.
Minora faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan kompaniyaning ma’lum qilishicha, 16 dekabrdan boshlab Eyfel tashrif buyuruvchilar uchun soat 10:30 dan 18:30 gacha ochiq bo‘ladi.
Sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan yodgorliklardan biri bo‘lgan minorada koronavirus bilan bog‘liq qo‘shimcha xavfsizlik choralari amal qiladi. Jumladan, majburiy niqob taqish, tashrif buyuruvchilar sonidagi cheklov va har kunlik dezinfeksiya ishlari.
Qayd etilishicha, Fransiyada cheklovlar yumshatilishining ikkinchi bosqichi doirasida 15 dekabrdan boshlab muzeylar va madaniy ob’ektlar sanitar-epidemiologik tartiblarga amal qilgan holda o‘z ishini qayta tiklaydi.
Avvalroq, Fransiya rasmiylari mamlakatda 28 noyabrdan koronavirus bilan bog‘liq karantin choralarini yumshatishi, 15 dekabrdan esa karantinni bekor qilishi mumkinligi haqida xabar bergandik.
Mamlakatda umumiy kasallanganlar 2,23 mlndan oshgan. 53 ming 506 nafar bemor virus qurboni bo‘lgan.
LiveBarchasi