Eyfel minorasi yopildi

Olam

image

Eyfel minorasi xodimlari ushbu me’moriy yodgorlikni boshqarishning iqtisodiy strategiyasini o‘zgartirishni talab qilib, ish tashlash e’lon qildi. Bu haqda "Agence France Presse" nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, minoraga kirish ishchilar uni boshqarishning amaldagi strategiyasini qoralagani sababli yopib qo‘yilgan. Ular shahar hokimiyatini eng taniqli diqqatga sazovor joyni saqlash uchun juda kam pul ajratganlikda ayblab, ish haqini oshirishni talab qilgan.

Norozi xodimlarning so‘zlariga ko‘ra, Parijdagi Olimpiada o‘yinlari arafasida ish hajmi sezilarli darajada oshgan, shu bilan birga moliyalashtirish masalasi "eskicha" qolgan. Mehnat sharoitlaridan noroziliklari tufayli xodimlar o‘z ishlarini bajarishni va minoraga tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatishni istamaydilar va bu o‘z navbatida mamlakatning umumiy imijiga salbiy ta’sir qiladi.

Kasaba uyushmalari esa koronavirus pandemiyasidan keyin sayyohlar daromadi 120 million yevrodan ko‘proqqa kamayganiga e’tibor berishni, Eyfel minorasini yaxshi holatda saqlash uchun zarur bo‘lgan ta’mirlash ishlarini moliyalashtiradigan maxsus jamg‘arma yaratishni talab qilmoqda. 

Eyfel minorasi oxirgi marta 2023 yilning 27 dekabr kuni minora  yaratuvchisi, muhandis Gyustav Eyfel vafotining 100 yilligi munosabati bilan xodimlarning ish tashlashi ortidan bekilgan edi.

Ma’lumot uchun, Eyfel minorasi Fransiya poytaxtining o‘ziga xos belgisi va dunyodagi eng mashhur sayyohlik joylaridan biri hisoblanadi. Har yili unga 7 millionga yaqin sayyoh tashrif buyuradi. 

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 2 dekabr kuni Parijdagi Eyfel minorasi yaqinida sodir bo‘lgan teraktda germaniyalik sayyoh halok bo‘lgan, yana ikki kishi, jumladan, Britaniya fuqarosi yaralangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Parij Eyfel' minorasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing