Eto’O Messining “Barsa”dagi o‘rinbosari kimligini aytdi

Sport

image
Oling quda, bering quda: futbol yulduzlari jamoasini o‘zgartiradimi? north_east

Oling quda, bering quda: futbol yulduzlari jamoasini o‘zgartiradimi?

“Barcyelona” va “Inter” jamoalarining sobiq hujumchisi Samuyel Eto’O Kataloniya klubida Lionel Messining o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan futbolchi kimligini aytdi. Bu haqda Ispaniyaning “Marca” nashri xabar bermoqda.

“Menimcha, Ansu Fati kelajakka umid bilan qaraydigan futbolchi. Ayni paytda u aql bovar qilmas ishlarni uddalamoqda, shuning uchun klub tayyorlanishi va unga g‘amxo‘rlik qilishi kerak, deb o‘ylayman. Umid qilamanki, u Messining o‘rnini bosadi”, deydi Eto’O.

Ma’lumot o‘rnida, Ansu Fati “Barselona” akademiyasining tarbiyalanuvchisi va 2019 yildan buyon asosiy tarkibda o‘ynab kelmoqda. U “Barsa” tarkibidagi debyutini “Betis”ga qarshi o‘tkazgan va Kataloniya klubining 78 yil ichidagi eng yosh debyutantiga aylangan. Fati “Barselona”dagi birinchi golini 2019 yil 31 avgustda “Osasuna”ga qarshi o‘yinda kiritdi. Bu orqali Fati klub safida gol urgan eng yosh o‘yinchiga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Messi Ansu Fati Eto’O

Baholaganlar

127

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing