Etnik guruh bilan to‘qnashuvda 5 askar halok bo‘ldi – Myanmada vaziyat qay ahvolda?

Olam

image

Myanmada harbiy to‘ntarishga qarshi bo‘lgan etnik qurolli guruh – Kachin Mustaqillik armiyasi (KMA) bilan to‘qnashuvda besh askar halok bo‘ldi. To‘qnashuv mamlakat shimolidagi Kachin shtatining Sumprabum hududida sodir bo‘lgan va 16 aprel tunidan ertasi kuni ertalabgacha davom etgan.

Mahalliy quroli guruh vakili to‘qnashuvda Myanma armiyasining 30 a’zosi ishtirok etganini aytgan. Qurolli guruh safidagi qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.

Avvalroq, Myanmada 20 ta etnik qurolli guruh, shu jumladan KMA harbiy to‘ntarishga qarshi norozilik namoyishlarini o‘tkazgan va namoyishchilarni himoya qilish niyatida bo‘lgan.

Ayni paytda Myanmadagi harbiy to‘ntarishga qarshi namoyishlarni bostirishda o‘lganlar soni 730 kishiga yetgan. Bu haqda Myanmadagi siyosiy mahbuslarga yordam beruvchi inson huquqlari assotsiatsiyasi tomonidan tayyorlangan hisobotda aytilgan. Birgina oxirgi 24 soatning o‘zida norozilik aksiyalarining tarqalishi paytida ikki kishi halok bo‘lgan.

Shu bilan birga, 3152 nafar namoyishchi hanuzgacha hibsda saqlanmoqda, 871 kishini hibsga olish to‘g‘risida order berilgan.

Myanmadagi to‘ntarish

Myanmada joriy yilning 1 fevral kuni armiya Tashqi ishlar vaziri va davlat maslahatchisi Aun San Su Chji va boshqa yuqori lavozimli amaldorlarni hibsga olib, hokimiyatni egallab olganini e’lon qildi. Hozirda mamlakatda hokimiyat Myanma Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Min Aun Xlaynning qo‘lida.

Harbiylarning ta’kidlashicha, davlat to‘ntarishi 2020 yil 8 noyabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda katta miqdordagi firibgarliklar haqidagi da’volarga javobdir. To‘ntarishdan keyin mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi.

Myanmani bir yil davomida harbiy xunta boshqaradi. Mamlakatdagi harbiy to‘ntarish oqibatida 24 vazir va ularning o‘rinbosarlari o‘z lavozimlaridan mahrum bo‘ldi. Keyinchalik, 1 aprel kuni harbiy xunta bir oylik sulh e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

63

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing