Etikdo‘z pandemiyada masofa saqlashning noodatiy usulini o‘ylab topdi

Bu qiziq

image

Ruminiyalik etikdo‘z pandemiya davrida xavfsiz masofani saqlashning g‘ayrioddiy usulini ixtiro qildi. Bu haqda "MIR 24" xabar bergan.

Qayd etilishicha, joriy yil may oyida etikdo‘z do‘konlarda odamlar bir-biriga juda yaqin turganini payqagan va uning hayoliga ushbu g‘oya kelgan. 

Gap shundaki, etikdo‘z butun dunyoda g‘ayrioddiy qiziqish uyg‘otadigan, uzun, 75-o‘lchamli botinka tikkan. Hozirda u shunday o‘lchamli qishki etiklarni tikmoqda. 

“Men taxminan 50 juft poyabzal sotishga muvaffaq bo‘ldim. Buyurtmalar AQSH, Kanada, Belgiya, Niderlandiya, Fransiyadan bo‘ldi. O‘shanda g‘oyam foyda keltirganini angladim! Keyin etik tikishni o‘yladim. Qishda ular bilan issiq bo‘ladi: ularning ichida tabiiy mo‘yna bor”, degan etikdo‘z Grigor Lup.

Masofa saqlashga yordam beruvchi etiklarning narxi 180 dollar.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

432

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing