Estoniyalik mehmonning sumkasidan yuzlab odam embrioni topildi

Olam

image

Rossiyaning Leningrad viloyatidagi Ivangorod nazorat-o‘tkazish punktida Estoniya fuqarosining sumkasi tekshirilganda, undan yuzlab odam embrioni topildi. Bu haqda Federal bojxona xizmati ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, “Kingisepp” bojxona xodimlari ayolning yukini skanerlashda noodatiy yukni payqab qolishgan. 

“Ekranda inson embrionlarining konturlarini ko‘rib, ular hayratda qoldi va darhol tekshirishni boshladilar. Bojxonachilar sumkani ko‘zdan kechirganida umumiy og‘irligi 4,3 kilogramm bo‘lgan yuzlab plastik qobiqli paketchalarni topishdi. Har bir nusxada “haqiqiy” degan yozuv bor edi”, deyiladi xabarda.

Estoniyalik ayolning tushuntirishicha, u hech qanday jinoyat sodir etmagan, aksincha uchinchi shaxsning iltimosini bajargan. Shunga qaramay, unga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksining 16,2-moddasi (“Tovarlarni deklaratsiya qilmaslik”) bo‘yicha ish ochilgan.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

embrion

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar