Estoniyadagi “O‘lmas polk” tashkilotchisi mamlakatdan haydaldi

Olam

image

Estoniya Qo‘riqlash politsiyasi departamenti (KaPo) “O‘lmas polk” aksiyasi tashkilotchilaridan biri Aleksey Yesakovni “xavfsizlik nuqtai nazaridan” mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Meduza” nashri xabar bermoqda.

Qo‘riqlash politsiyasining ta’kidlashicha, Yesakov ko‘p yillar davomida millatlararo adovatni qo‘zg‘atgan, Kreml propogandasini yoygan, Rossiyaning Ukrainadagi tajovuzini oqlagan, Sharqiy Ukrainadagi kontrabandada qatnashgan shaxs bo‘lgan.

O‘z navbatida, Qo‘riqlash politsiyasi Yesakov nima sababdan sobiq SSSR mamlakatidan chiqarib yuborilganiga ochiqlik kiritgan.

“4 may kuni Aleksey Yesakov xavfsizlik nuqtai nazaridan mamlakatdan chiqarib yuborildi... u “O‘lmas polk” tashkilotchilaridan biri edi”, — deyiladi KaPoning kecha, 4 may kuni Twitter’da e’lon qilingan bayonotida.

Ma’lumot o‘rnida, Qo‘riqlash politsiyasi Estoniyada 26 apreldan 10 maygacha Avliyo Georgiy tasmalari, “Z” harfi, Rossiya va SSSR bayroqlari, shuningdek, sovet harbiy formalaridan foydalangan holda ommaviy yig‘ilishlar o‘tkazishni taqiqlagan.  Rossiyaning Estoniyadagi elchixonasi esa mamlakatda “O‘lmas polk” onlayn rejimda o‘tkazilishini ma’lum qildi.

 

Sardor Begalov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing