Estoniya Rossiya diplomatini mamlakatdan quvdi

Olam

image

Estoniya Rossiyaning birinchi kotibini mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi. Bu haqda Estoniya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Diplomat “Estoniya konstitutsion tuzumi va huquqiy tizimini izdan chiqarishga, jamiyatda bo‘linish keltirib chiqarishga” aloqadorlikda ayblangan. Tashqi ishlar vaziri Margus Saxkna uning sanksiyalarni buzishda ham ishtiroki bo‘lgani, buning ortidan esa Estoniya fuqarosi javobgarlikka tortilganini aytgan. 

Estoniya hukumati bu qadamni diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasining 9-moddasiga muvofiq amalga oshirgan. Ushbu modda bo‘yicha qabul qiluvchi davlat istalgan vaqtda o‘z qarorini izohlash majburiyatisiz, yuboruvchi davlatga diplomatik vakolatxona tarkibidagi xodim “persona non grata” deb e’lon qilinganini bildirish huquqiga ega.

Shu voqealar fonida Estoniya Rossiya bilan chegarada darvozalar va to‘siqlar o‘rnatishni boshladi.

Iyul oyida Estoniyaning Narva sudi rossiyalik Pavel Kapustinni Estoniyaga qarshi josuslik qilgani uchun 6,5 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Tergovga ko‘ra, u Rossiya bilan aloqa o‘rnatgan, unga zarur ma’lumot va vositalarni yetkazgan, bu esa respublika xavfsizligiga qarshi qaratilgan harakat hisoblangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida Estoniya poytaxti Tallin hokimiyati Rus madaniyati markazini (“rus uyi”) “Mere” madaniyat markazi deb qayta nomlash va uni yangi loyiha doirasida boshqa madaniyat markaziga topshirish qarorini ma’qullagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Estoniya Margus Tsaxkna

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing