Eski transformatorlar importiga chek qo‘yiladi – Prezident

Jamiyat

image

Ichki bozorga sifatsiz va noqonuniy elektrotexnika mahsulotlari kirib kelishining oldini olish maqsadida eski transformatorlar importiga chek qo‘yiladi. Bu haqda bugun, 6 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika tarmog‘ida foydalanilmayotgan imkoniyatlar va yangi zaxiralarni safarbar qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Davlat rahbari elektrotexnika mahsulotlari eksporti hajmini 2023 yilda 1 milliard dollarga yetkazishni buyurdi.

“Misol uchun, birgina qo‘shni davlatlar yiliga o‘zimizda ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan 6 milliard dollarlik elektrotexnika mahsulotlarini import qiladi. Lekin, ushbu davlatlar importida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ulushi 5 foizga ham yetmaydi”, deydi Prezident.

Bundan tashqari, eksportni oshirish uchun bojxona hududida qayta ishlash tizimini maishiy texnika misolida yo‘lga qo‘yish topshirildi. Endi tayyor mahsulot eksportini kengaytirish uchun Elektrotexnika jamg‘armasiga 20 milliard so‘m ajratiladi.

Ichki bozorga sifatsiz va noqonuniy elektrotexnika mahsulotlari kirib kelishining oldini olish maqsadida:

•  eski transformatorlarni importiga chek qo‘yishni;

•  maishiy texnikalar markirovkasi tizimini joriy etishni qat’iy nazoratga olish vazifasi qo‘yildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

181

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing