Eski kasallik: Toshkent – Istanbul yo‘nalishidagi samolyot 5 soatga kechikib uchdi

Jamiyat

image

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining bugun, 11 iyun kuni Toshkent – Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha uchishi kerak bo‘lgan samolyoti 5 yarim soat kechikish bilan yo‘lga chiqdi. Bu haqda samolyotda bo‘lgan QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. 

HY271 qaydi bilan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan reys Toshkent vaqti bilan soat 07:40 da yo‘lga chiqib, Istanbul vaqti bilan soat 11:00 da qo‘nishi kerak bo‘lgan. Barcha yo‘lovchilar bortga olingach, hech qanday tushuntirishsiz, yana samolyot sahnidan tushirilgan va aeroportga olib borilgan. 

QALAMPIR.UZ’ga yetib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotning orqa eshigi yopilmagani uchun reys kechiktirilgan. Shundan so‘ng ushbu yo‘nalish bo‘yicha Boeing-787 samolyoti parvozga tayyorlangan va Toshkent vaqti bilan soat 13:11 da Istanbulga uchib ketgan. Kechikish uchun yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lab berilmagan. 

QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK matbuot xizmati bilan bog‘landi. Ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda nosozlik holati o‘rganilmoqda. 

“Havo kemalari doimiy tarzda ular yerda turganida va parvoz davomida texnik nazorati ostida bo‘ladi va parvozdan oldin texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Zaxira havo kemasi tayyorlangan vaqtda yo‘lovchilarga issiq ovqat va ichimliklar taqdim etilgan”, deyiladi matbuot xizmati javobida. 

Qayd etilishicha, havo kemasida istalgan vaqtda nosozlik aniqlanishi mumkin – bu texnika.  


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston havo yo'llari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar