Eski banknotlarni yangisiga almashtirish imkoni berildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki eski namunadagi 50 va 100 so‘mlik tangalarni, shuningdek, 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlarni hozirgi kunda amalda bo‘lgan banknotlarga almashtirish boshlanganini ma’lum qildi. Bu haqda Markaziy bank Matbuot xizmati xabar berdi

Dastlabki “Ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan eski namunadagi tanga va banknotlarning muomalada bo‘lish muddatlari:

• 2001-2002 yillar namunalaridagi 50 so‘mlik, 2004 va 2009 yil namunalaridagi 100 so‘mlik tangalar hamda 1994 yil namunasidagi 50 va 100 so‘mlik banknotlar uchun 2019 yil 1 iyulgacha;

• 1997 yil namunasidagi 200 so‘mlik, 1999 yil namunasidagi 500 so‘mlik banknotlar uchun 2020 yil 1 iyulgacha belgilangandi.

Shuningdek, Markaziy bank boshqaruvining 2022 yil 29 yanvardagi qaroriga asosan ushbu eski namunadagi to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan pul belgilarini Markaziy bankning Hisob-kitob kassa markazlari orqali amaldagi pul belgilariga almashtirib berish muddati 2023 yilning 1 yanvarigacha uzaytirilgan edi.

Endilikda Markaziy bank boshqaruvining 2023 yil 3 iyundagi tegishli qaroriga asosan to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan eski namunadagi 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlarni hamda 50 va 100 so‘mlik tangalarni Markaziy bankning Hisob-kitob kassa markazlari orqali qabul qilish va almashtirib berishni davom ettirish belgilandi.

“Shu munosabat bilan, barcha fuqarolar qo‘lida qolib ketgan eski namunadagi to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan yuqorida ko‘rsatilgan nominallardagi banknotlar va tangalarni Markaziy bankning Hisob-kitob kassa markazlarida amaldagi pul belgilariga erkin almashtirib olishlari mumkinligini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank banknot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing