Eshitmadim demang! Yurak nuqsoni bor bolalar uchun bepul jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi
Jamiyat
−
25 noyabr 2020
7186Toshkentning eng yirik klinikalaridan birida yurak nuqsoni mavjud bolalarga bepul jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi
Ikki yildirki, O‘zbekistondagi taniqli va yirik klinikalardan biri AKFA Medline tibbiyot markazida yurak nuqsoni bor chaqaloqlardan to 15 yoshgacha bo‘lgan bolajonlarni bu darddan xalos bo‘lishiga qaratilgan, "SEN YASHAYSAN" nomli xayriya aksiyasini o‘tkazib kelmoqda. Ushbu beg‘araz yordam aksiyasiga QALAMPIR.UZ ham qo‘shildi.
AKFA Medline klinikasi o‘z tavalludining 3 yilligi munosabati bilan kam ta’minlangan oilalardan 10 nafar tug‘ma va orttirilgan yurak nuqsoni bor bolajonlarga bepul jarrohlik amaliyoti bajarilishini ma’lum qilmoqda. Operatsiyalar yuqori malakali kardiojarrohlar tomonidan amalga oshiriladi. “SEN YASHAYSAN” aksiyasi uchun tanlab olinadigan bolalardan bir nafarini esa QALAMPIR.UZ tavsiya etadi.
Bemor bolakaylarni saralash joriy yilning 23 noyabridan 30 noyabrgacha bepul konsultatsiya orqali amalga oshiriladi.
Tanlov xulosasidan so‘ng saralangan bolakaylar uchun keyingi barcha tadqiqotlar, tahlillar va jarrohlik muolajalari AKFA Medline klinikasi tomonidan amalga oshiriladi. Tanlab olingan bolalarning operatsiyasi va undan keyingi salomatligi tiklanish jarayonini QALAMPIR.UZ kuzatib boradi.
“SEN YASHAYSAN” kabi aksiyalarni o‘tkazish AKFA Medline qadriyatga aylanayotgan an’analaridan biridir. Pandemiya bo‘lishiga qaramay, klinika ushbu an’anaga sodiq qoldi.
Jajji yurakchalarning shifo topishida yordam berish millionlab yuraklarning hayotga umid bilan qarash olovini alangalatish demakdir! Ushbu xayrli ishga QALAMPIR.UZ ham o‘z hissasini qo‘shishidan mamnunmiz.
Oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi.
Quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qiling va kalitso‘zni aytishni unutmang! #QALAMPIR
To‘liq ma’lumot uchun 1141 yoki 71 2033003 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.
LiveBarchasi