Ertalab kanaldan topilgan jasad kimnikiligi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
13 fevral 2020
21966Bugun, 13 fevral kuni Toshkentning Shayxontohur tumani Baynalmilal ko‘chasi bo‘ylab oqib o‘tuvchi kanaldan jasad topilgani haqida xabar bergan edik. QALAMPIR.UZ mazkur holatga oid batafsil ma’lumotlarni aniqladi.
Jasad ayol kishiga mansub bo‘lib, u 1954 yilda tug‘ilgan A.N bo‘lgan va uning jasadi kanaldan hech qanday jarohatlarsiz topilgan.
Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, A.N.ning o‘limiga yuqori nafas yo‘llarining suyuqlik bilan berkilishi natijasida kelib chiqqan mexanik asfeksiya sabab bo‘lgan.
U 2019 yilda Rossiya va Hindiston davlatlariga borib onkologik kasallik sabab davolanib kelgani aytilmoqda.
Hozirda Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi