“Ertak to‘qishmasin”. Ukraina razvedkasi Rossiya teraktni oldindan bilganini aytdi

Olam

image

Rossiya razvedka xizmatlari "Krokus Siti Holl" konsert zalida sodir bo‘ladigan terakt haqida oldindan bilgan. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Kirill Budanov ma’lum qildi.

“15 fevralda Rossiya tayyorgarlik haqida bilgan. Bu ma’lumotlar guruhning Suriyadagi razvedka bo‘limi orqali o‘tgan. U yerdan Moskvaga yetgan. Ular g‘alati tarzda hammasi kutilmaganda sodir bo‘ldi deb ertak aytishmasin”, deydi Budanov Strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha uchinchi xalqaro forumdagi chiqishida.

Bosh razvedka boshqarmasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Kreml hujumchilar qayerdaligi va Rossiyaga qaysi ikki davlat orqali yetib borishini bilgan.

“Nega ular bunga ruxsat berishganiga bir nechta variant bor. Birinchisi, ularning odati bo‘yicha, hozirda bir nechta amaldorlarni olib tashlash uchun “to‘siqlar” o‘rtasidagi kurash. Yana bir ehtimol, ular sodir bo‘ladigan voqealar ko‘lamini yetarlicha baholamagan. Ular bu ko‘proq mahalliy bo‘ladi, deb o‘ylashdi va hamma narsada Ukrainani ayblamoqchi bo‘lishdi”, deydi Budanov.

Kreml teraktda qidirayotgan “Ukraina izi” haqida gapirar ekan, Budanov Rossiya rasmiylari “Krokus”da sodir bo‘lgan voqealar versiyalarini allaqachon uch marta o‘zgartirganini ta’kidlagan.

“Bu bema’nilik. Aytgancha, agar biz bu og‘riqli masalaga to‘xtaladigan bo‘lsak, garchi bu dushman bo‘lsa ham, men tinch aholiga qarshi terrorchilik harakatlarini ma’qullamayman”, deydi Bosh razvedka boshqarmasi rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) rahbari Aleksandr Bortnikov joriy yilning 22 mart kuni Moskva yaqinidagi "Krokus Siti Holl" konsert zalida yuz bergan qurolli hujumda Ukrainani ayblab chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Kirill Budanov Krokus Siti Holl

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing