“Ertagayoq haydab yuboringlar!”: Trampning impichmentiga aloqador yangi video tarqaldi
Olam
−
27 yanvar 2020
101442018 yilda AQSH Prezidenti Donald Tramp Amerikaning Ukrainadagi elchisi Mari Yovanovichni ishdan bo‘shatishga buyurgan. Bu Trampning homiylar guruhi bilan birgalikdagi kechki ovqati vaqtida olingan vidoyega muxrlangan.
2019 yilning may oyida elchi vazifasidan ozod qilinib, ortga qaytarilgan Yovanovich Trampning impichmenti bo‘yicha AQSH Kongressining Vakillar palatasida ko‘rsatma berdi.
Demokratlar Trampni Ukrainaga harbiy yordamni ushbu mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH Prezidentining siyosiy raqiblari demokratlar Jo Bayden va uning o‘g‘li Xanterga nisbatan tekshiruv boshlashi uchun to‘xtatib qo‘yishda ayblayapti.
25 yanvar kuni e’lon qilingan video 2018 yilning 30 aprelida amerikalik biznesmen va Trampning shaxsiy advokati Rudolf Julianining shaxsiy sherigi Igor Frumanning telefonida tasvirga olingan. Videoni Amerika yetakchisining impichmentini ko‘rib chiqayotgan Senatga yuqori aytilgan tushlikda ishtirok etgan mojaroning yana bir ishtirokchisi Lev Parnasning advokati bergan.
Yozuvda Parnas Ukrainadagi Amerika elchisini “eng katta muammo” deyotgani eshitiladi. Parnas Yovanovichning ismini aytmasdan shunday deydi: “Umuman, u hamma joyda kutib turinglar, unga impichment e’lon qilishadi, deb yuribdi”.
Shundan so‘ng, Donald Trampning ovozi eshitiladi: “Undan qutilinglar, ertagayoq haydab yuboringlar! Menga farqi yo‘q, ertaga uni haydanglar! Okey? Bajaringlar”.
Aftidan, Prezident o‘sha vaqtda elchining ismini bilmagan, shuning uchun uning kimligini so‘rab olgan.
Parnas kim?
Prezident Donald Tramp advokati Rudolf Julianining xodimi bo‘lgan Parnasni tanimasligini aytgan.
Respublikachilar partiyasining saylov kampaniyasi uchun bir necha marta mablag‘ ajratgan Lev Parnas Juliani uni ukrainalik siyosatchilarni Prezident istaganidek Jo Bayden va uning o‘g‘li Xanter Baydenga qarshi ko‘rsatma berishga ko‘rdirish uchun Kiyevga yuborganini aytgan.
Fruman va Parnas saylovlarni moliyalashtirish qoidasini buzganligi uchun AQSHda javobgarlikka tortilgandi.
Tramp videoning tarqalishiga hozircha hech qanday munosabat bildirmadi.
25 yanvar kuni Tramrning advokatlari Senatda o‘z chiqishini boshladi. Ular demokratlarni 2016 yildagi prezidentlik saylovi natijalarini bekor qilishga urinishda ayblayapti.
Mari Yovanovich nega bo‘shatildi?
33 yil davomida AQSH Davlat deparatmentiga xizmat qilgan Mari Yovanovich 2019 yilning may oyida Kiyevdan chaqirib olingandi. Buning sababi hozirgacha mavhumligicha qolyapti.
U o‘zining ko‘rsatmasi davomida korrupsiyaga qarshi kurashga bel bog‘lagani ukrainalik siyosatchilarning g‘azabini keltirganini aytib o‘tgan. Yovanovich raqiblari Tramp administratsiyasidan ko‘mak ololgani uni hayratga solganini qo‘shimcha qilgan.
Kongressdagi ko‘rsatmasida u Trampga nisbatan salbiy fikrda bo‘lgani haqidagi ma’lumotlarni inkor qilgan. Tramp esa elchi Ukrainadagi kabinetiga uning portretini ilishni istamaganini aytgan.
LiveBarchasi