Ertaga Yerni qizil darajadagi magnit bo‘roni qoplaydi

Jamiyat

image

Ertaga, 24 noyabr kuni Yerni kuchli magnit bo‘ronlari qoplashi kutilmoqda. Bu haqda “Meteoagent” xabar berdi

Qayd etilishicha, 24-26 noyabr kunlari Yer magnitosferasi kuchli bo‘ronlar ta’sirida bo‘ladi. Ayniqsa, ertaga K-indeksida 5 darajada magnit bo‘roni bo‘lishi prognoz qilinyapti. 

Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, keyingi magnit bo‘roni 16 dekabrda kuzatilishi mumkin. K-indeksi geomagnit faollikni tavsiflaydi va 3 soatlik intervalda Yer magnit maydonining normadan chetlanishini bildiradi.

Magnit bo‘ronlarining kuchi besh balli shkala bo‘yicha baholanib, G1 darajadagisi zaif bo‘ron hisoblanadi.

Ma’lumot o‘rnida, odatda Quyosh chaqnashlari Yerda magnit bo‘ronini keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida energiya tizimlarida uzilishlarga olib keladi, qushlar va hayvonlarning migratsiya yo‘llariga ham ta’sir qiladi. Kuchli bo‘ronlar qisqa to‘lqinli aloqa va navigatsiya tizimlarining uzilishiga, shuningdek, sanoat tarmoqlarida kuchlanishning buzilishiga olib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

magnit bo'roni qizil darajadagi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing