Ertaga O‘zbekistonning qaysi hududlarida qor yog‘ishi aytildi
Bu qiziq
−
17 noyabr 2023
80795Ertaga, 18 noyabr kuni respublikaning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-13 daraja iliq, kunduzi 20-22 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 10-15 daraja bo‘ladi.
Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esib, 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda 21-23 m/s ga yetishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esib, 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda 21-23 m/s ga yetishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 17-22 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyatining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 19-24 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, Toshkent viloyatining ba’zi joylarida kuchli bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
LiveBarchasi