Ertaga O‘zbekistonning qator viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi
Bu qiziq
−
02 mart 2021
10170Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 3 mart kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, biroz yomg‘ir yog‘adi Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5° iliq, kunduzi 11-13° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3°sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
LiveBarchasi