Ertaga O‘zbekistonning ayrim joylarida -30 daraja sovuq kutilyapti

Bu qiziq

image

Ertaga, 12 yanvarda ham O‘zbekistonda anomal sovuq ob-havo davom etadi. 11-16 yanvarda O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi. 

12 yanvarga ob-havo prognozi

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-19° sovuq, kunduzi 9-11° sovuq bo‘ladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25° sovuq, Ustyurtda 27-30° sovuqgacha, kunduzi 12-17° sovuq bo‘ladi. 

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23° sovuq, kunduzi 8-13° sovuq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20° sovuq, cho‘l hududlarda kechasi 27-30° sovuq, kunduzi 7-12° sovuq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17° sovuq, ba’zi joylarda 20° sovuqgacha, kunduzi 5-10° sovuq, ba’zi joylarda 12° sovuqgacha bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, ba’zi joylarda 15° sovuqgacha, kunduzi 3-8° sovuq bo‘ladi. 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°sovuq, kunduzi 3-8° sovuq bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25° sovuq, kunduzi 10-15° sovuq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo anomal sovuq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing