Ertaga O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda

Bu qiziq

image

Ertaga, 21 noyabr kuni respublika bo‘ylab havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda kuchli shamol bo‘lishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12 daraja, kunduzi 24-26 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 21-23 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.

Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 21-23 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 21-23 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 21-23 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

shamol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing