Ertaga O‘zbekiston tarixidagi eng katta mushakbozlik namoyishi o‘tkaziladi
Jamiyat
−
31 avgust 2019 8854 1 daqiqa
Ertaga, 1 sentyabr kuni soat 21:00 da Toshkentda O‘zbekiston tarixida eng baland va eng chiroyli mushakbozlik namoyishi o‘tkaziladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati xabar berdi.
Mushakbozlikning balandligi 350 metr bo‘lishi qayd etilmoqda. Namoyishda 9 daqiqa davomida 2 723 ta rang-barang yog‘du porlaydi. Mushakbozlik “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyining orqa tomonida amalga oshiriladi.
Mushakbozlik namoyishini xitoylik kompaniya China Liuyang Jeeton Fireworks Group tayyorlayapti.
“Biz barcha mehmonlar va yurtdoshlarimizni mustaqilligimizning 28 yilligi munosabati bilan uyushtiriladigan mushakbozlikka taklif etamiz”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi