Ertaga o‘z rejamiz asosida harakatlanib, g‘alaba qozonmoqchimiz – Temur Kapadze

Sport

image

Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi 26 aprel kuni Osiyo kubogi chorak finali doirasida Saudiya Arabistoni olimpiyachilari bilan to‘qnash keladi.

Bugun, 25 aprel kuni O‘zbekiston U-23 jamoasi ustozi Temur Kapadze saudlarga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

"Raqibimiz o‘ziga yarasha kuchli jamoa. Bu jamoa bilan ko‘p o‘ynaganmiz. Jamoa va uning murabbiyi imkoniyatlari haqida bilamiz, Biroq biz ham o‘z strategiyamiz va rejamiz bo‘yicha harakatlanamiz. 2 yil ichida har ikkala jamoa ham o‘zgardi, deb o‘ylayman. O‘z o‘rnida biz ham o‘sishga erisha oldik, tajriba to‘pladik. Ertaga o‘z rejamiz asosida harakatlanib, g‘alaba qozonmoqchimiz", deydi Kapadze. 

Kapadze tarkibga legioner futbolchilarning kelib qo‘shilgani jamoa o‘yiniga qanday ta’sir qilishi borasida ham fikrlarini aytdi.

"Ular tarkibimizga yetib kelganidan xursandmiz. Legionerlarimiz bizga qo‘shimcha kuch berishdi. Allaqachon moslashib ulgurishdi. Ular hatto o‘tgan uchrashuvda ham maydonga tushishdi. Ertaga esa, ko‘ramiz, kim tayyor bo‘lsa, o‘sha maydonga tushadi", deydi Kapadze.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni bahsi 26 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi. G‘olib jamoa, Parij Olimpiadasi uchun yarimta yo‘llanmani kafolatlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Saudiya Arabistoni Olimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing