Ertaga Toshkentning uchta mahallasi gaz ta’minotidan uziladi

Jamiyat

image

Ertaga, 25 oktyabr kuni ta’mirlash ishlari tufayli Toshkent shahrining Mirobod, Yakkasaroy va Bektemir tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi. 

Unga ko‘ra, quyidagilar vaqtinchalik gaz ta’minotidan uziladi:

Mirobod tumanidagi (10:00 dan 18:00 gacha) “Yangi Mirobod”, “Baynalminal” mahallalari:

  • Aholi xonadonlari soni – 1476 ta;
  • Ulgurji iste’molchilar soni – 34 ta.

Yakkasaroy tumani (10:00 dan 18:00 gacha):

  •  “Abdulla Qahhor” MFYdagi 970 ta ko‘p qavatli uylardagi xonadon, 320 ta yerli xonadon;
  • -“Damariq” MFYdagi 920 ta ko‘p qavatli uylardagi xonadon, 410 ta yerli xonadon;
  •  “Bobur” MFYdagi 990 ta ko‘p qavatli uylardagi xonadon.

Bektemir tumanidagi (10:00 dan 17:00 gacha) “Ustozlar” va “Zabardast” mahallalari;

Aholi xonadonlari soni – 1375 ta;
Ulgurji iste’molchilar soni – 25 ta.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Bektemir Mirobod Yakkasaroy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing