Ertaga Toshkentning markaziy hududlarida issiq suv o‘chiriladi
Jamiyat
−
28 mart
4734Ertaga, 29 mart kuni Toshkentning ayrim hududlarida issiqlik tarmoqlarini sinovdan o‘tkazish uchun issiq suv ta’minoti bir kunga o‘chiriladi. Bu haqda "Veolia Energy Tashkent" matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, issiqlik tarmoqlaridagi nuqsonlarni aniqlash va keyingi isitish mavsumi boshlanishidan oldin ularni bartaraf etish uchun issiqlik tarmoqlarini mo‘ljallangan harorat bo‘yicha sinovdan o‘tkazish zarur hisoblanadi.
Sinovlar davomida issiqlik tarmoqlari quvurlarining shikastlanishi va issiq suv yo‘llar va yo‘laklarga oqib chiqishi mumkin.
"Haydovchilar, piyodalar hamda ma’muriy va turar joy binolaridagi yurtdoshlarimizdan e’tiborli va ehtiyot bo‘lishlarini so‘raymiz. Nosozliklar aniqlangan taqdirda (78) 129-01-85 telefon raqami orqali ma’lum qilishingizni so‘raymiz", deyiladi xabarda.
Manzillar:
Amir Temur, Mustaqillik shoh ko‘chalari, Navoiy, Bobur, Glinka, Qumariq, Yahyo G‘ulomov, Buyuk Turon, Istiqbol, Zarafshon, Maxtumquli, Islom Karimov, Buxoro, Istiqlol, Sodiq Azimov, Said Baraka, Matbuotchilar, Sayilgoh, Shastri, Elbek, Kichik halqa yo‘li, Shahrisabz, Taras Shevchenko, Nukus, Oybek, Kichik Beshyog‘och, Abdulla Qahhor, Haydar Aliyev, Oltin vodiy, Fidokor, Avliyoota, Moshtabib, Mirobod ko‘chalari, M-1,2,4,5,7 Qushbegi, Boshliq dahalari, Uchuvchilar shaharchasi.