Ertaga Toshkentning ikki tumani qisman elektrsiz qoladi
Jamiyat
−
31 Oktabr 2022
13595Ertaga, 1 noyabr kuni Toshkentning Yashnobod va Yunusobod tumanlarida qator hududlarda soat 08:00 dan 17:00 qadar iste’molchilar elektr energiyasi ta’minotidan vaqtincha uziladi. Bu haqda “Toshkent shahar ETK” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.
Avariya holatlarini oldini olish hamda ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:
Yashnobod tumanining:
“Aviasozlar” dahasi 4-mavzesidagi Aviasozlar, Beshariq ko‘chasi, 1 dan- 53-gacha bo‘lgan ko‘p qavatli aholi yashah xonadonlari, 204- va 244-sonli o‘rta ta’lim maktablari, 481, 405, 435-sonli MTM, avtoservis “Avtoritet”, Yashnobod tuman prokroturasi binosida;
Yunusobod tumanining:
“Kulol-qo‘rgon” MFY hamda Yunusobod 12 hamda 15-mavzelarida qisman elektr energiyasi ta’minoti vaqtinchalik o‘chiriladi.
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan
LiveBarchasi